16:47 / 18.06.2020
5763

Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2100ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda 35 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 4166 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

«Tuzalganlarning 26 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 18 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Farg‘ona viloyatidan 6 nafar, Toshkent shahri va Jizzax viloyatidan 5 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan», deyiladi vazirlik xabarida.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 2097 nafarga yetdi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jami 4166 kishi kasallikdan tuzalib chiqqan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top