15:10 / 18.06.2020
27695
Vazirlar Mahkamasining ikki xodimida koronavirus aniqlandi

18 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 2 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: AFP

«Bugun ayni paytga qadar kasallik aniqlangan 15 nafar bemordan 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan.

Jumladan, ular orasida Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Hozirda paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz kecha, 17 iyun kuni o‘z manbalariga tayanib Vazirlar Mahkamasi departament mudiriga COVID-19 tashxisi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Bir necha manba hukumat binosi qat'iy karantinga olinib, barcha xodimlar koronavirusga test topshirayotganini bildirgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top