00:11 / 19.06.2020
13369

Liviya sohillari yaqinida Turkiya va Fransiya harbiy kemalari o‘rtasida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, Turkiya fregati Liviya sohilida Fransiya fregatining kemadagi yukni tekshirish to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagan. Turkiya kemasi Fransiya harbiy kemasini raketa yo‘llash radar tizimi orqali nishonga olgan. Bu Fransiya tomonidan "o‘ta dushmanlarcha va tajovuzkor harakat" deb baholangan.

Foto: NATO

NATO Liviya sohillari yaqinida Turkiya va Fransiya harbiy kemalari o‘rtasida noxush hodisa sodir bo‘lganini tasdiqladi va harbiy surishtiruv o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.

France 24 telekanalining ma'lumot berishicha, Turkiya fregati Liviya sohilida Fransiya fregatining kemadagi yukni tekshirish to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagan. Turkiya kemasi Fransiya harbiy kemasini raketa yo‘llash radar tizimi orqali nishonga olgan. Bu Fransiya tomonidan "o‘ta dushmanlarcha va tajovuzkor harakat" deb baholangan.

O‘z navbatida Turkiyaning Anadolu agentligi turk fregati radar tizimidan kemani nishonga olish uchun emas, "xavfli manyovrni amalga oshirgan" fransuz kemasini kuzatish uchun foydalanganligi to‘g‘risida xabar berdi.

Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya kemasi bilan hech kim aloqaga chiqmagan. Bundan tashqari, voqeadan bir oz avval Turkiya tomoni fransuz fregatida yonilg‘i zaxirasini to‘ldirgan.

"Bu Turkiya tomonidan tajovuzkorona ta'qib bo‘lganligi haqidagi iddaolarning asossiz va to‘qib chiqarilganini tasdiqlaydi", - degan Turkiya qurolli kuchlari vakili.

Top