09:49 / 19.06.2020
5839
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida abituriyentlar uchun Call-markaz tashkil etildi

Abituriyentlar va ularning ota-onalari kirish imtihonlari va qabul bo‘yicha (71) 246-38-57 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, savollariga javob olishlari mumkin.

2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Call-markaz tashkil etildi. Bu haqida vazirlik o‘z rasmiy telegram kanalida ma'lum qildi.

Mazkur Call-markaz abituriyentlar va ularning ota-onalarini kirish imtihonlari va qabul bo‘yicha qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida tashkil etilgan. 

«Fuqarolar (71) 246-38-57 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, savollariga javob olishlari mumkin. Call-markaz dushanbadan shanbagacha har kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar (tushlik – soat 13:00 dan 14:00gacha) faoliyat ko‘rsatadi», - deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, vazirlikning qo‘shimcha tarzda bildirishicha, respublikadagi barcha OTMlarda ham qabul jarayonida Call-markazlar ishlaydi va ular haqida alohida ma'lumot beriladi.

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top