09:00 / 19.06.2020
7323
«O‘zbegim eshiklari» kompaniyasidan ajoyib aksiya!

Har birimiz xonadonimizning shinam va estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishi, undagi jihozlar esa hamohang joylanishini istaymiz. Intererning muhim qismlaridan biri – xonalararo eshik hisoblanadi. Uning har tomonlama funksional, sifatli va keng assortimentga ega bo‘lishi va albatta hamyonbopligi muhim.

Shu mezonlar asosida eshik ishlab chiqaruvchi mahalliy yetakchi kompaniyalardan biri – «O‘zbegim eshiklari» eksklyuziv eshiklar narxlarini 23% ga tushirganini e'lon qiladi. Endi sifatli va ko‘rkam xonalararo eshiklarni 23% chegirma bilan olish imkoniyatiga egasiz! Bu hali hammasi emas!

Eshiklarga buyurtma berib, 20 kun ichida uyingizga bepul yetkazib, mustahkam o‘rnatib berish xizmati ham taqdim etiladi.

Sifat, ishonch, chiroy mezonlari

«O‘zbegim eshiklari» 2008 yildan buyon minglab hamyurtlarimizni sifatli xonalararo eshiklar bilan ta'minlab keladi. Zamonaviy texnologiyalar asosida eshik ishlab chiqaruvchi kompaniya iste'molchilarga 300 dan ortiq noyob dizayndagi xonalararo eshiklarni taqdim etadi. Buyurtma asosida yasaluvchi har bir eshik ixchamligi, namlikka chidamliligi, mexanik va dinamik og‘irliklarga bardoshliligi hamda puxtaligi bilan ajralib turadi.

Eshiklarga o‘rnatiluvchi sifatli furnitura

Kompaniyada asosan uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislar faoliyat yuritishadi va o‘z ishlariga mas'uliyat ila yondashishadi. Har bir buyurtma individual tarzda amalga oshiriladi. Buyurtma tayyor bo‘lgach, bepul yetkazib beriladi va tabiiyki, puxtalik ila o‘rnatib beriladi. Zero, mijozlarga sidqidildan xizmat ko‘rsatish – «O‘zbegim eshiklari»ning shioridir!

«O‘zbegim eshiklari» shaxsiy eskizingiz asosida eshik tayyorlab berish xizmatini ham ko‘rsatadi. Mijozlarga yana bir qulaylik – rasmiy sayt orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri menejyerlarimizga o‘zingizga yoqqan eshikni buyurtma qila olasiz va batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Telefonlar: +99897 4010090, +99899 8790090, +99898 3100090

Instagram: @ozbegimeshiklari

Telegram: t.me/ozbegimmebel

Assortiment bilan tanishing: uzdver.uz

Reklama huquqi asosida

Top