10:01 / 19.06.2020
32669
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5855taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 88 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 19 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5855 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 51 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

18 iyun kuni jami 85 holat qayd etildi, 68 bemor tuzaldi va jami tuzalganlar soni 4199 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda shifoxonalarda 1637 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top