09:28 / 19.06.2020
1028
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 37,3 mingtaga ko‘paydi - Statqo‘m

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi - 65,7 foiz, sanoat - 17,3 foiz, qurilish - 9,0 foizga yetdi va atigi 8,0 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (40,5 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,7 foizni tashkil etdi

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,7 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 2,9 foizni tashkil etdi. 

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 37,3 mingtaga ko‘paydi. 

Kuzatilayotgan davrning o‘tgan yilga nisbatan savdo faoliyati sohasida yuqori o‘sish – 27,5 foiz ekanligi kuzatildi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 24,4 mingtaga ko‘paydi va 113,3 mingtaga yetdi. 

Shuningdek, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar bilan bog‘liq faoliyatda ham o‘sish kuzatildi - 17,1 foiz. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3,9 mingtaga ko‘paydi va 27,0 mingtani tashkil etdi. 

Top