02:19 / 20.06.2020
4544
APL. «Tottenhem» «MYu» uchrashuvida murosa yo‘li tanlandi
Foto: PA

Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasidagi «Tottenhem» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi durang natija bilan tugadi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Bergveyn hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Pogba 81-daqiqada penalti ishlab, jamoasiga yordam berdi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Fernandesh zarbada adashmadi – 1:1.

Ushbu durangdan keyin «MYu» 46 ochko bilan 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Tottenhem» 42 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

Qayd etish joiz, shu kuni Pogba 2020 yil hisobidan ilk marta maydonga tushdi.

APL. 30-tur. 19 iyun

Tottenhem – Manchester Yunayted - 1:1

Gollar: 1:0 – 27 Bergveyn, 1:1 – 81, penalti Brunu Fernandesh.

Tottenhem – Loris, Ore, Devis, Sanches, Dayyer, Sissoko, Lamela (Jyedson Fernandesh, 70), Bergveyn(Lo Chelso, 70), Uinks, Son Xin Min, Keyn.

Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Maguayr, Lindelef (Matich, 78), Uan-Bissaka, Maktomini, Fred (Pogba, 63), Brunu Fernandesh, Djyeyms (Grinvud, 62), Marsyal (Igalo, 78), Reshford.

Top