17:32 / 20.06.2020
11569

“Ark billur” – aziz mehmonlar uchun mehmonxona!

Hamisha mehmondo‘st poytaxtimiz, dunyoning turli nuqtalaridan sayyohlar tashrif buyuruvchi O‘zbekistonimiz yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi yana bir maskan bilan boyidi. Toshkentda ixcham, zarur qulayliklarga ega va narxlari hamyonbop bo‘lgan “Ark billur” mehmonxonasi ishga tushirildi.

Birvarakayiga 72 nafar mijozga xizmat ko‘rsatuvchi, 20 tasi lyuks, 16 tasi standart, jami 36 ta xonalarga ega bo‘lgan bu mehmonxonada didi baland mijozlar uchun qator qulayliklar mavjud: yuqori tezlikdagi bepul internet, seyf, ellikdan ortiq xorijiy kanallarni ko‘rsatuvchi televizor, minimuzlatkich, hamisha mehmonlar xizmatiga shay xodimlar shular jumlasidandir.

Mehmonxona qabulxonasi 24/7 tartibida ishlaydi.

Bundan tashqari turli tadbirlar uchun mo‘ljallangan 2 ta majlislar zali faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Katta majlislar zalida 60 nafar, kichigida esa 30 nafar odamga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Mijozlar uchun shinam va keng foyeda lobbi bar ham tashkil etilgan.

Yana bir muhim jihat – mehmonlar ibodatlarini amalga oshirishlari uchun ham barcha qulayliklar mavjud. Qolaversa, bu maskan Malayziya davlatning Crescent Rating sertifikatiga ega bo‘lib, musulmon mehmondo‘stligi – ya'ni “Muslim Friendly” talablariga to‘la javob beradi.

Har kuni ertalab soat 7:00dan 10:00gacha har bir mehmon uchun nonushta taqdim etiladi.

Mehmonxona atrofida qator maskanlar mavjudligi yanada qulaylik yaratadi: milliy taomlar, supermarket, savdo-ko‘ngilochar markazi piyoda borgulik masofada joylashgan.

“Ark billur” – biz sizga xizmat qilishdan mamnunmiz!

Manzil: Toshkent shahri, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi 29B;

Telefon: +998 93 982 5885, +998 99 501 9595, +998 555 010 020

FacebookArk Billur Hotel

Instagram@ark_billur_hotel

Sayt: arkbillurhotel.uz

Reklama huquqi asosida

Top