21:49 / 20.06.2020
8099
Belarusda o‘tkazilgan birdamlik aksiyalari davomida 100dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Mamlakatdagi saylovlar arafasida qator muxolifatchi faollar va siyosatchilar, jumladan, Belarus prezidentligiga potensial nomzod Viktor Babarik hibsga olindi. 

Belarusning turli shaharlarida prezidentlikka nomzodlar bilan birdamlikni ifodalash uchun o‘tkazilgan aksiyalar davomida 100dan ortiq kishi qo‘lga olindi. Birgina Minsk shahrida kamida 80 kishi ushlandi, deb xabar berdi "Vesna" huquqni himoya qilish markazi. 

Bundan tashqari, Bobruysk, Vitebsk, Gomel, Grodno, Mogilyov, Novopolotsk va Orshada ham qo‘lga olishlar amalga oshirilgan. Huquqni himoya qiluvchi faollarning ma'lumot berishicha, qo‘lga olinganlar orasida jurnalistlar va boshqa davlatlarning kamida ikki nafar fuqarosi bor. Keyinroq qo‘lga olinganlarning bir qismi qo‘yib yuborilgan.

Mamlakatdagi saylovlar arafasida qator muxolifatchi faollar va siyosatchilar, jumladan, Belarus prezidentligiga potensial nomzod Viktor Babarik hibsga olindi. 

Minsk va boshqa shaharlarda muqobil nomzodlar va ilgari qo‘lga olingan faollarni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari bo‘lib o‘tdi.

Belarusda prezidentlik saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Top