19:24 / 20.06.2020
11198

Janubiy koreyalik faollar KXDRga 1 mln dona tashviqot varaqasi tashlamoqchi

Tashkilot avvalroq KXDRga 500 ming dona varaqa tashlagan, Pxenyan Seul bilan munosabatlar yomonlashishiga aynan mana shu voqeani sabab qilib ko‘rsatgandi. 

Shimoliy Koreyadan Janubga qochib o‘tgan qochqinlarni birlashtiruvchi nohukumat tashkiloti kelgusi haftada KXDRga ushbu mamlakat rahbariyati tanqid qilingan varaqalarni tashlashga va'da berdi. Bu haqda “Ozod Shimoliy Koreya kurashchilari” nohukumat tashkiloti rahbari Pak San xak ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, faollar varaqalarni tayyorlab bo‘lishgan va kelgusi haftada KXDR hududiga  havo sharlari yordamida 1 mln dona varaqa tashlashni rejalashtirishgan. Pak San Xakning ta'kidlashicha, bu aksiya 1950-1953 yillardagi Koreya urushi boshlanganligining 70 yilligiga bag‘ishlanadi.

Tashkilot avvalroq KXDRga 500 ming dona varaqa tashlagan, Pxenyan Seul bilan munosabatlar yomonlashishiga aynan mana shu voqeani sabab qilib ko‘rsatgandi. 

Natijada Janubiy Koreyadagi qator provinsiyalarda tashviqot materiallari bo‘lgan havo sharlarini uchirish taqiqlandi. Ushbu taqiqni buzganlar bir yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 8,2 ming dollar miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top