00:29 / 20.06.2020
16723

JSST dunyo koronavirus tarqalishining xavfli bosqichiga kirganidan ogohlantirdi

Foto: Reuters

Davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatni tiklashga va karantin cheklovlarini yumshatishga intilayotgani sababli dunyo koronavirus tarqalishining yangi xavfli bosqichiga kirdi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus aytib o‘tdi.

Gebreyyesusning ta'kidlashicha, ko‘plab odamlarning uylarida o‘tirish jonlariga tegib, davlatlar iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatni tiklashga intilmoqda. “Biroq virus hamon tez tarqalmoqda. U hali hali ham o‘limga olib kelmoqda va ko‘pchilik odamlar uning oldida zaif”, deb qo‘shimcha qilgan JSST rahbari.

Uning aytishicha, JSST 18 iyunda dunyo bo‘yicha 150 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati qayd etilgani haqida ma'lumot oldi. Bu esa pandemiya boshlangandan beri rekord darajadagi kunlik o‘sish hisoblanadi. JSST rahbarining ta'kidlashicha, ushbu yangi kasallanish holatlaridan yarmi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi hamda pandemiya Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqda jadal tarqalmoqda.

“Biz barcha davlatlarni va odamlarni o‘ta ogoh bo‘lishga chaqiramiz. Masofani saqlashga, agar o‘zingizni yomon his qilsangiz uyda qolishga, niqoblar taqish va qo‘llarni yuvishni davom ettirishga chaqiramiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Gebreyyesus.

Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 8,7 mlnga yaqinlashib qoldi, undan vafot etganlar soni 459 mingdan, sog‘ayganlar 4,5 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top