14:35 / 20.06.2020
27731

KXDR AQShni yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qildi

KXDR elchixonasining bildirishicha, AQSh bir necha o‘n yillar davomida Koreya yarim orolidagi urushdan saboq chiqarish o‘rniga yangi dushmanlik harakatlarini amalga oshirdi.

Foto: EPA-EFE/HOW HWEE YOUNG

Pxenyan Vashingtonni Koreya yarim orolida yangi urush boshlanishi AQShning yo‘qolib ketishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda KXDRning Moskvadagi elchixonasi ma'lum qildi.

Elchixonaning bildirishicha, AQSh bir necha o‘n yillar davomida Koreya yarim orolidagi urushdan saboq chiqarish o‘rniga yangi dushmanlik harakatlarini amalga oshirdi.

"Bu yil ham Amerika qo‘shinlari Janubiy Koreya va unga tutash hududlarda turli harbiy harakatlarni amalga oshirmoqda, bundan maqsad Koreya yarim oroliga Amerika qurolli kuchlarini joylashtirish va KXDRga tezkor zarba berishdir. Koreya yarim orolidagi yangi urush insoniyat tarixiga AQSh deb ataluvchi yana bir imperiyaning kuni bitgani haqidagi shov-shuvli voqeani yozib qo‘yadi", - deyiladi elchixona xabarida.

Koreya urushi 1950 yil 25 iyundan 1953 yil 27 iyulgacha davom etgan. Janubni AQSh, Shimolni xitoyliklar qo‘llab-quvvatlagan. Urush sulh tuzish bilan yakunlangan.  

Top