09:43 / 20.06.2020
31582

O‘zbekistonda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.

Ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top