10:31 / 21.06.2020
5895
EPSILON (EDC): Talimarjon-12 yangi qudug‘ining kunlik debiti 300 ming kub.m gacha oshirildi

Joriy yilning 20 iyun kuni Talimarjon-12 yangi qudug‘ida uglevodorodlar hajmini oshirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda kompleks ishlar yakunlandi. Quduqning sermahsul oraliqlarida multi-GRP amaliyoti o‘tkazilishi natijasida gazning kunlik oqimi 50%ga oshdi.

Eslatib o‘tamizki, 31 may kuni mazkur yangi quduq sinovdan o‘tkazilganida undan ochiq stvoldagi kunlik debiti 200 ming kub.m ga teng bo‘lgan gazning sanoat miqyosidagi oqimi olingan edi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya talablari hamda ekologiya mezonlariga qat'iy amal qilingan holda olib borilmoqda.

Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi aholi ehtiyoji uchun mamlakat ichki bozoriga yuborilmoqda.    

Epsilon Matbuot xizmati

Top