23:54 / 21.06.2020
3640
Saudiya Arabistoni sayyohlik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga 4 mlrd dollar ajratdi
Foto: RIA "Novosti"

Saudiya Arabistonining turizm vazirligi sayyohlik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash uchun jamg‘arma tashkil etadi. Jamg‘armaning dastlabki hajmi 4 mlrd dollarni tashkil qiladi. Uni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshqaradi.   

Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi kompaniyalar aksiyadorlik kapitalidagi ulushni sotish yoki obligatsiyalar chiqarish orqali investitsiyalar olishi mumkinligini nazarda tutadi. Investorlar sifatida mamlakatning kredit tashkilotlari chiqishi mumkin. 

“Jamg‘armaning tarmoq misli ko‘rilmagan global sinovlarga duch kelayotgan joriy vaziyatda ishga tushirilishi investorlar va xususiy sektorning Saudiya Arabistonida turizmni rivojlantirishdagi uzoq muddatli istiqbollarga ishonchi komilligining isboti hisoblanadi. Tarmoqning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini pisand qilmaslik mumkin emas: u iqtisodiy o‘sish va diversifikatsiyaga turtki beradi, xalqaro investitsiyalar jalb qiladi, ish o‘rinlari yaratadi va millionlab saudiyaliklar turmush tarzi darajasini oshiradi”, deb aytgan Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmad al-Xatib.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top