14:08 / 22.06.2020
49895
5ta tuman-shahar «yashil» hudud bo‘ldi, ularda masjidlar ochildi

Ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochildi.

Foto: muslim.uz

Shu yil 20 iyun holatiga, tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, Namangan viloyati Uychi tumani, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri, Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Toshkent viloyati Angren shahriga “yashil” hudud toifasi berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 22 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochildi.

“Qizil” yoki “sariq” hududlardan “yashil” hududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir”, - deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati ma'lumotida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top