09:00 / 22.06.2020
6442
Dream City: Tashkent City'dagi hayot – poytaxtning asosiy voqealari markazidagi hayotdir

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi – bu O‘zbekistondagi yirik investitsiya loyihasi bo‘lib, konseptual shahar muhitidagi hududiy qurilishi bo‘yicha ham o‘ziga xosdir.

Poytaxt markazidagi 80 gektar hududda bugungi kunda juda qisqa muddatda kongres-holl, O‘zbekistonda ilk bor Hilton mehmonxonasi, o‘ziga xos bog‘ bunyod etildi. Tez orada zamonaviy markazda mehmonxonalar, savdo markazlari, yuqori klassdagi turar joy majmualari, yashash sifati va farovonlikni yangi darajaga olib chiquvchi dam olish va ko‘ngil ochish uchun jamoat joylari barpo etilib, faoliyatini olib boradi.

O‘zbekistonning investitsiya munosabatlarini rivojlantirish va globallashuv jarayonlaridagi ishtirokidagi yutuqlari dunyo hamjamiyatining e'tiborini poytaxtning ko‘chmas mulk bozori salohiyatiga qaratmoqda.

Cushman & Wakefield dunyo miqyosidagi ekspert mutaxassislarning baholashiga ko‘ra Tashkent City – bu mintaqadagi qurilish miqyosi, innovatsiya va rivojlanish potensiali jihatidan o‘ziga xos hodisadir.

Mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekiston poytaxti va xususan biznes-markaz loyihasi ko‘chmas mulkka oid istiqbolli loyihalar bo‘lib, iqtisodiyot rivojiga kuchli turtki bo‘lishini ta'kidladilar.

Tashkent City poytaxtning geografik markazida joylashgan va rivojlangan infratuzilma va qulay yo‘l kesishmasiga ega. Uning yaqinida to‘rtta metro bekati: «Xalqlar do‘stligi», «Alisher Navoiy», «Paxtakor» va «O‘zbekiston» joylashgan. Xalqaro aeroportga bo‘lgan yo‘l avtomobilda 10 daqiqani tashkil qiladi. Hamda ikki qadamlik masofada bolalar bog‘chasi, maktablar, o‘quv va tibbiyot muassasalari joylashgan. Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylari: Mustaqillik maydoni, sirk, «Paxtakor» stadioni, «Xalqlar do‘stligi» saroyi, «Humo Arena» sport majmuasi hamda katta bozor va masjidlar yaqin kilometr radiusda joylashgan.

Tashkent City markazida 18 gektardan kattaroq hududda ajoyib bog‘ mavjud bo‘lib, poytaxt markazida yangi keng ko‘lamli jamoat maydonidir. Hududda O‘zbekistonda birinchi bora ulkan ko‘kalamzor maydon hamda ko‘plab dam olish va ko‘ngil ochish maskanlari bunyod etilgan.

Shu bilan birga, Tashkent City hududida poytaxtdagi eng katta Boulevard shoping-avenyu qad rostlayotgan bo‘lib hozirgi kunda O‘zbekistonda uni o‘xshashi yo‘q. Bu yerda mehmonlar va shu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun zarur bo‘lgan kiyim do‘konlari, supermarketlar, qahvaxonalar, go‘zallik salonlari, do‘konlar, kafe, restoran va boshqalar joylashadi.

Dream City Devolopment kompaniyasi yuqori klassdagi ko‘chmas mulk talablariga javob beruvchi zamonaviy va funksional maskan yaratishga mo‘ljallangan kompaniya. Kompaniyaning nomdor loyihalari – Gardens Residence va Boulevard aynan Tashkent City hududida bunyod etilgan.

Dream City poytaxtning nufuzli manzilidan foydali shartlar va katta chegirmalar bilan ko‘chmas mulk egasi bo‘lishni taklif qiladi. Yangi taklif 15% lik minimal birinchi to‘lovni amalga oshirib 30 oygacha bo‘lgan foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati. Shuningdek, 22% gacha chegirmalar va yer osti avtoturargohi yoki sovutish tizimi sovg‘a qilinayotgan aksiya 2020 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Batafsil ma'lumotlarni kompaniya sotuv ofislaridan har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 ga qadar olishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sotuv ofisining ish grafigi: 9.00 dan 19.00 gacha, dam olish kunlarisiz.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Reklama huquqi asosida

Top