15:00 / 22.06.2020
9702
Lenovo'dan tijoriy noutbuklar – yuqori unumdorlik, afsonaviy ishonchlilik

Ofis ishchilari ko‘proq kompyuterlarni emas, balki noutbuklarni tanlashmoqda. Noutbuk uzoq vaqtdan beri kompyuterning o‘rnini bosadigan mukammal ish vositasi bo‘lib kelgan, harakatchanligi va ixchamligi tufayli yanada qulayroq bo‘lgan. Siz o‘zingizga mos variantni turli mezonlar bo‘yicha – og‘irligi va ekranning o‘lchamidan tortib, uskunaning ishlashiga va batareya sig‘imiga qarab tanlashingiz mumkin.

ThinkBook ceriyasi – muvaffaqiyat uchun ishlab chiqarilgan

ThinkBook 14 va 15-seriyali noutbuklari ajoyib ko‘rinishga ega, yuqori ishlashni ta'minlaydigan va texnik imkoniyatlar hamda narx jihatidan korporativ mijozlar uchun juda yaxshi yechim hisoblanadi.

Windows 10 Pro ishlaydigan va Intel® Core™ 10-avlod protsessorlari bilan jihozlangan (maksimal konfiguratsiya) Lenovo ThinkBook 14 va 15-ceriyali noutbuklar yuqori intuitiv xususiyatlari vaqtingizni tejaydi. Noutbuklar tezkor PCIe SSD va DDR4 operativ xotirasi bilan jihozlangan, shuningdek Intel® Optane™ Memory H10  texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar bilan ta'minlangan. ThinkBook so‘nggi 802.11ax simsiz ulanish standarti bilan jihozlangan.

ThinkBook'da bitta-qadam autentifikatsiya va barmoq izi skaneri mavjud. Ushbu imkoniyatlar Windows Hello tufayli mavjud. TPM 2.0 platforma moduli ma'lumotlarni shifrlaydi va apparat autentifikatsiyasini hamda qo‘shimcha xavfsizlikni ta'minlaydi. Bundan tashqari, ThinkBook'da qo‘shimcha maxfiylikni boshqarish uchun ThinkShutter™ jismoniy bloklash veb-kamerasi mavjud.

ThinkBook ikkita HARMAN dinamiki esa Dolby Audio™ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu noutbuklar sifati va ishonchliligi bo‘yicha ko‘plab sinovlardan o‘tgan. Laptopning sink qotishmasidan qilingan oshiq-moshiq (petli)lari 25,000 marta ochish-yopish sikllariga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular indiy va qalay kimyoviy elementlari bilan qoplangan, bu esa korroziyaga chidamliligini oshiradi va Wi-Fi signallarini qabul qilishni yaxshilaydi. ThinkBook ustiga sinov paytida 60 sm suv quyilgan, shuningdek, haddan tashqari harorat va tebranishlarga qarshilik ko‘rsatish uchun sinovdan o‘tkazildi. ThinkBook barcha sinovlardan o‘tgan va hatto og‘ir sharoitlarda ham ishlashga tayyorligini isbotlagan.

ThinkBook noutbuklari maxsus texnik yordam guruhiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes uchun ideal tanlovdir. Lenovo Vantage dasturi tufayli siz kompyuter sozlamalarini shaxsiylashtirishingiz, drayverlarni avtomatik ravishda yangilashingiz, qurilmaning o‘zini sinab ko‘rishingiz va masofadan texnik yordam so‘rashingiz mumkin.

ThinkPad X1 Carbon  qulay va kuchli

Lenovo ThinkPad korporativ segmentdagi mashhur noutbuklardan biriga aylangan, shuningdek ushbu seriya noutbuklaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun doimiy tarzda foydalanadigan muxlislarga ega bo‘ldi. ThinkPad brendining falsafasiga muvofiq ishlab chiqarilgan modellar yangi avlod ishchilarining ehtiyojlarini qondiradi va zamonaviy ish joylariga mos keladi. Foydalanuvchilar ish kunlarini yanada samaraliroq qilishga intilishadi va shuning uchun ular samarali, ishonchli va ishlatish uchun qulay qurilmalarni izlaydilar.   

Shu yil qishda Las-Vegasda o‘tkazilgan CES 2020 ko‘rgazmasida Lenovo o‘zining ilg‘or X1 noutbuklariga yangilanishlarni taqdim etdi. ThinkPad X1 Carbon 8-avlod modeliga Intel vPro 10-avlod chipsetga ega yangi Intel Core 10-avlod protsessorlari o‘rnatilgan. Intel vPro platformasi tashkilotlarga noutbuklarni samarali va xavfsiz boshqarish vositalarini taqdim etadi.

Maksimal konfiguratsiyada Windows 10 Pro'ga asoslangan qurilma 10-avlod 6 yadroli IntelCore protsessori bilan jihozlangan, 4K (3840×2160 piksel) o‘lchamdagi displey, Wi-Fi 6 (Gig+) va Thunderbolt 3 kabi so‘nggi aloqa standartlariga ega. Siz qayerda bo‘lishingizdan qat'iy nazar: yo‘lda, ofisda yoki uchrashuvda, noutbuk sizga yanada samaraliroq bo‘lishingizni ta'minlaydi.

Batareya quvvatini optimallashtirish uchun Project Athena bilan jihozlangan. Umumiy og‘irligi 1 kg, qalinligi eas 14,9 mm.

14 dyuymli displeylarning turli xil seriyalari mavjud, xususan yorqinligi 500 nit, rang «chuqurligi» 10 bit, 4K (3840×2160 piksel) o‘lchamli va Dolby Vision tizimiga ega. Endi ekranlarning Full HD (1920×1080 piksel) va 400 nit yorqinlikka ega turlari ham mavjud.

Windows 10 Pro'ning xavfsiz versiyasi

Windows 10 Pro hech qanday qo‘shimcha xarajatlarsiz keng qamrovli ichki himoyani ta'minlaydi. Siz o‘zingizning konfidensial ma'lumotlaringizni –yuzni tanish va tizimga kirish uchun biometrik ma'lumotlaringizni Windows Hello funksiyasi orqali boshqarishingiz mumkin.

Ikkita yuqori chastotali dinamik va ikkita past chastotali dinamikka ega Dolby Atmos akustik tizimi betakror ovoz jaranglashini ta'minlaydi. Ta'sir radiusi katta bo‘lgan to‘rtta mikrofon esa konferensiyalar va qo‘ng‘iroqlar paytida aloqa sifatini yaxshilaydi.

Noutbuk avtonom tarzda 18,5 soatgacha ishlaydi va Rapid Charge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa sizga batareyani atigi bir soat ichida 80% zaryadlash imkonini beradi. Yangi standartdagi Wi-Fi 6 Gig+ va LTE-A simsiz aloqa moduli katta tezlikda ulanishni ta'minlaydi va doimo aloqada bo‘lishingizga yordam beradi.  

Lenovo haqida

Lenovo – Fortune Global 500  rivojlanayotgan kompaniyalarga kiradi va qurilmalar hamda intellektual infrastrukturalarni ishlab chiqish orqali insonlarning kundalik hayotidagi qulayliklarni yanada oshiruvchi «Intellektual transformatsiya» sohasidagi jahonning texnologik yetakchisi hisoblanadi. Lenovo dunyodagi keng qamrovli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir, shu jumladan planshetlarni, ThinkPad , Yoga va Lenovo Legion kompyuterlarini, shuningdek ish stansiyalari, virtual va kengaytirilgan reallik yechimlari, uy va ofis qurilmalarini ishlab chiqaradi.

Instagramdagi yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama huquqi asosida

Top