20:57 / 22.06.2020
15169
#FootWeek: Masharipov, Gattuzo va Sheva haqida

Jurnalist Bobur Akmalov muallifligidagi FootWeek loyihasining navbatdagi 4-sonini kutib oling. Ko‘rsatuvning bugungi soni miks ko‘rinishda tayyorlandi.

Ko‘rsatuvimizni mamlakatning markaziy arenasi bo‘lgan «Paxtakor» stadionidan boshladik. Superliga 5-turining markaziy bahsi doirasida «Paxtakor» hamshahari «Bunyodkor»ni qabul qildi. Ko‘rsatuv muallifi Bobur Akmalov o‘yinni stadiondan kuzatib, bir qismini sharhlashga ham ulgurdi. O‘yinning qaynoq atmosferasini ko‘rsatuv davomida his qilishingiz mumkin.

FootWeek'ning bu galgi sonida yana ko‘plab qiziqarli mavzularga to‘xtaldik. Masalan, kechagina eng omadsiz murabbiylar qatorida bo‘lgan va endilikda naq «Yuventus»ni yengib «Napoli» bilan Italiya kubogida g‘olib bo‘lgan omadli –  Jyennaro Gattuzoni Neapolda qanday olqishlashgani haqida.

Shuningdek, bu galgi sonimizda Andrey Shevchenkoning oxirgi yorqin porlashi bo‘lgan Ukraina – Shvetsiya o‘yini hamda «Tottenhem»ning g‘alabasiga hissa qo‘shib, mukofotiga asosiy jamoa bilan birga ovqatlangan bollboyni eslaymiz.

Albatta, bu sonda ham ijtimoiy muammolarga murojaat qildik. Shu va yana boshqa qiziqarli mavzulardagi mulohazalarni FootWeek'ning yangi miks sonida tomosha qiling.

Top