18:19 / 22.06.2020
6800
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4450 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan, Toshkent va Buxoroda jami 73 nafar bemor sog‘aygani va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 4450 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Bugun Namangan viloyatida 7, poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 49 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, jami 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Namangan viloyatida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 39 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 20 yoshda. Endilikda ushbu viloyatda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 265 nafarga yetdi.

Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida tuzalganlarning 52 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 81 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 3 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2342 nafarga yetdi.

Buxoro viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 40 yoshda, yoshi kichigi esa 28 yoshda. Hozirda ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 472 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun kun davomida 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4450 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda shifoxonalarda 1932 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 3 nafari o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top