10:03 / 22.06.2020
22687
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6358taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 43 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 22 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6358 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan», deyilgan xabarda..

21 iyun kuni jami 162ta holat qayd etildi. Shuningdek, 87 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4377 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1962 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top