17:00 / 22.06.2020
25643
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6400dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 43 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 22 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6401 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan bo‘lsa, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlandi», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 86ta holat qayd etildi. Shuningdek, Namanganda 7 bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 4384 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1998 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top