07:43 / 22.06.2020
6358
Pxenyan Janubiy Koreyaga pufaklar yordamida millionlab tashviqot varaqalari tashlashga tayyorlanmoqda    

Shimoliy Koreya 3 mingta pufak yordamida Janubiy Koreyaga 12 mln.ta tashviqot varaqalari jo‘natishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya 3 mingta pufak yordamida Janubiy Koreyaga 12 mln.ta tashviqot varaqalari jo‘natishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, bu maqsadda Pxenyandagi bosmaxonalarda 12 mln.ta varaqa chiqarib qo‘yilgan. Yana ikkita shaharda bir necha millionta varaqa tayyorlash rejalashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, barcha varaqalarda “Shimoliy Koreya jamiyatining barcha qatlamlari odamlarining Janubga nisbatan g‘azabi va nafrati aks etgan”.

“Varaqalarni tarqatish uchun turli uskunalar, jumladan ularni Janubiy Koreyaning ichkarisiga tashlay oladigan 3 mingdan ko‘proq turli pufak tayyorlandi”, deyilgan xabarda.

Biroq varaqalar qachon tashlanishi ma'lum qilinmagan. Ta'kidlanishicha, 25 iyunda Koreya urushi boshlangan sanaga 70 yil to‘ladi va varaqalar tarqatilishi aynan shu kunga belgilanishi mumkin. 

Janubiy Koreyada varaqalar tarqatish Pxenyan shimollik qochoqlar Janubdan turib katta pufaklarda tashviqot varaqalari jo‘natishiga javoban ko‘rish bilan tahdid qilgan choralardan biri hisoblanadi.  

20 iyunda Janubiy Koreyaning birlashish bo‘yicha vazirligi Shimolning varaqalar tarqatish rejasidan afsus bildirgan va buni Koreyaaro kelishuvlarning buzilishi deb atab, Pxenyandan uni darhol bekor qilishni talab qilgan.

Biroq Shimol bu chaqiriqni bajarishni rad etgan va Koreyaaro sammitda tuzilgan kelishuvni “o‘lik hujjat” deb atab, o‘z rejalarini bekor qilish yoki o‘zgartirish istagida emasligini ma'lum qilgan.

Avvalroq Shimoliy Koreya Seul bilan barcha aloqa kanallari bo‘yicha muloqot to‘xtatilishini e'lon qilgan. Bu Pxenyan Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari tashlanishiga norozilik bildirgandan keyin yuz bergan. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Ye Chjon Seul bunday amaliyotni to‘xtatmasa, Pxenyan Janubga kuch qo‘llashi mumkinligidan ogohlantirgan.

Top