12:22 / 22.06.2020
1949
Respublika bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 72,3 trln so‘mni tashkil etdi

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 72,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan 4,0 foizga kamaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 11,9 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 11,4 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 60,3 trln so‘mni (6,6 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 4,5 trln so‘mni (28,9 foizga kamaydi) tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 72,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan 96,0 foizni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida barcha viloyatlarda kamayish sur'atlari kuzatildi. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga 83,4 foiz va yirik korxonalar hissasiga 16,6 foiz to‘g‘ri keldi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 21,3 foiz ulush bilan 15,3 trln so‘mni tashkil etdi. Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 2,0 foiz ulush bilan 1,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2020 yil yanvar-may oylari yakuniga ko‘ra, 60,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan 6,6 foizga kamaygan. Jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 83,4 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori bo‘lgan.

Top