11:51 / 22.06.2020
5848
Toshkentda qimor o‘yinlari tashkil etilishi va o‘tkazilishi fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Holat asosida Jinoyat kodeksining 278 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlariga poytaxtning Yashnobod tumanidagi bilyard klubida qimor o‘yinlari tashkil etilayotgani haqida xabar kelib tushdi. Tekshiruv natijasida ma'lumot tasdiqlandi.

Poytaxt IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur klub ko‘zdan kechirilganda 52 yoshli rahbar B.A. qimor o‘yinlari uchun binoda alohida xona ajratgani ma'lum bo‘lib, bu tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tizimli ravishda o‘tkazilishidan dalolat bergan.

Klubga Toshkent shahar IIBB xodimlari tekshiruv bilan kelganida, u yerda poker o‘ynovchi 6 kishi va klub ishchilaridan uch kishi – 48 yoshli M.I., 24 yoshli D.D. va muqaddam sudlangan 25 yoshli T.J. bo‘lgan.

Ashyoviy dalillar sifatida 2.700 AQSh dollari, 6.000.000 so‘m va “Poker” o‘yini uchun toshlar aniqlangan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278 moddasi (“Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Top