21:43 / 22.06.2020
1914
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun 35 million dollar ajratmoqda

Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka-bankining xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish uchun 35 mln AQSh dollari ekvivalentida, milliy valutadagi zayomni taqim etadi. Shu bilan birga, milliy valutadagi moliyalashtirish, mamlakatdagi yetakchi davlat banklaridan birini raqobatdosh xususiy tijorat bankiga aylantirishda yordam beradi.

Ushbu sarmoya Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi xususiylashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlash va davlat banklari soni ko‘p bo‘lgan mamlakatning bank sektoriga xususiy investitsiyalarni jalb qilishdagi strategik ustuvor yo‘nalishlardan birini aks ettiradi. Kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmini oshirish bilan bir qatorda, Ipoteka bankining qayta tranformatsiyasi boshqa davlat banklarini xususiylashtirish uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi va xususiy investorlarni O‘zbekiston bank sektoriga faol jalb qilishda xizmat qiladi.

«O‘zbekiston va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasidagi ushbu hamkorlik yaqinda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan bank tizimini isloh qilish strategiyasiga ham muvofiq. IFC tomonidan taqdim qilinayotgan moliyalashtirish, o‘tgan uch yil davomida Ipoteka-bank tomonidan olib borilgan, bank operatsiyalarini tijoratlashtirish va uni mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadigan moliyaviy institutga aylantirishga qaratilgan choralarning muhim e'tirofidir», dedi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.

«Bank tizimini isloh qilish borasidagi sa'y-harakatlar doirasida banklaridagi davlat ulushini investorlarga topshirish ko‘zda tutilgan. Xususiylashtirish xususiy kapital, xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, natijada ushbu jarayon bank va uning mijozlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda davlat banklarining O‘zbekiston bank sektorida konsentratsiyasi yuqori. Mamlakatdagi 30ta bankning beshtasi to‘liq davlatga tegishli, qolgan sakkizta bankda esa davlatning 50 foiz ulushi mavjud.

Xalqaro moliya korporatsiyasining Yevropa, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jorjina Beykerning ta'kidlashicha, «Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyalashtirishi hamda so‘nggi yillarda taqdim etilgan maslahat xizmatlari bilan bir qatorda, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning moliyaviy sektorda xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha harakatlarning bir qismidir. Investitsiyalar Ipoteka bankga xususiy sektorni kapitalga jalb qilish va mamlakatdagi kichik va o‘rta biznesni kreditlashni kengaytirishga qaratilgan rejani samarali amalga oshirishda yordam beradi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bank bilan 2017 yildan buyon bankning tijorat faoliyatini, korporativ boshqaruvini va xavflarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish orqali institutsional transformatsiya maqsadida hamkorlik qilmoqda, bu esa ushbu investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.

Markaziy Osiyoda aholi zichligi eng yuqori bo‘lgan mamlakat misli ko‘rilmagan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi ushbu islohot jarayonini asosiy sohalarda investitsiya va maslahat xizmatlarini taqdim etish orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi investitsiya portfeli 53 million dollarni tashkil etadi, hamda moliya va to‘qimachilik sohasidagi loyihalarni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat dasturlari davlat korxonalarini, shu jumladan ikkita davlat banklarini xususiylashtirishda, paxta sohasini isloh qilish, moliya bozorini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, sog‘liqni saqlash va energetika sohalarida davlat va xususiy sheriklik aloqalarini amalga oshirishda yordam beradi», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Top