10:22 / 22.06.2020
3679
Xorazmdagi davlat aktivi 95,9 mlrd so‘mga sotildi

Boshlang‘ich narxi 94 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu obektning ma'lumotlari bilan 1000dan ortiq fuqaro tanishgan. 

Onlayn auksionda Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi "Tikuvchilik majmuasi" 95,9 mlrd.so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 1996 yilda qurilgan mazkur obekt "E-IJRO AUKSION" savdo maydonchasiga joriy yil 22 may kuni chiqarilgan edi. Boshlang‘ich narxi 94 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu obektning ma'lumotlari bilan 1000 dan ortiq fuqaro tanishgan. 

Bildirilishicha, obektni "GURLAN GLOBAL TEKS" MChJ yutib oldi.

Top