10:40 / 23.06.2020
8567

306 million so‘mlik «virus blokator»larni noqonuniy pullash rejasi chippakka chiqdi

Mamlakatda e'lon qilingan karantin tadbirlari fuqarolardan amaldagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilishni talab etadi. Biroq shunday sinovli kunlarda o‘z manfaatlari yo‘lida tartib qoidalarni qo‘pol ravishda buzishga urinayotgan kimsalar ham uchrab turibdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir qing‘irlikka chek qo‘yildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro T.B. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinadagi yo‘lovchi fuqaro O.V. shartli xaridorga umumiy qiymati 306 million so‘mlik, sifati kafolatlanmagan 2040 dona “virus blokator” vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top