19:34 / 23.06.2020
7816
Bugun O‘zbekistonda 110 bemor koronavirusdan tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana 40 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 4560 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 12 nafar, jami 40 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 19 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 75 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan.

Endilikda Toshkent shahri va viloyatida ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2451 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 57 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgani xabar qilingandi.

Shu tariqa, bugun 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar soni 4560 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top