15:38 / 23.06.2020
10551

Gulistonda bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi

Holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Joriy yilning 23 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi "L" va "M" ismli shaxslar "L" ismli shaxsning 2020 yilning may oyida tug‘ilgan chaqaloq farzandini 18.000 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tadbir davomida “L” hamda “M” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18.000 AQSh dollari olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top