08:47 / 23.06.2020
2458
Italiya elchisi O‘zbekistondagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Italiyaning favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertotssi O‘zbekistondagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

 2020 yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Italiyaning favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertotssi bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, shu jumladan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berilayotgani qayd etildi. Shu nuqtai nazardan 2019 yil 6 may kuni Rim shahrida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo ishchi guruhining 6-majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi ta'kidlandi.

Madaniy-gumanitar va ta'lim sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Suhbat oxirida vazir elchiga O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Elchi Italiyaning Toshkent shahridagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorchilik bildirdi, deyiladi ma'lumotda. 

Top