13:44 / 23.06.2020
11773

Kasallanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa ham karantin choralari yumshatilayotganiga izoh berildi

Koronavirus bilan kasallanish holatlari kunlik 5-10ta bo‘lgan davrda mamlakatda qat'iy karantin choralari amalga kiritildi. Ammo kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bir necha o‘n nafar bo‘lgan paytda karantin yumshatilmoqda.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda shu masalada izoh berdi.

«Koronavirus bilan og‘rigan birinchi bemor aniqlanib, kunlik o‘sish holatlari kuzatilganda qat'iy karantin choralari bir maromda saqlab turildi. Keyinchalik kasallikdan tuzalganlar ko‘rsatkichi yangi kasallanganlar sonidan yuqoriligi 2 haftadan ortiqroq vaqt davomida barqaror saqlanib turgach, karantinni bosqichma-bosqich yumshatish choralari ko‘rila boshlandi.

Bu bemorlar uchun davolash koykalari, mutaxassislar va medikament vositalarining yetarli zaxirasi mavjudligi bilan izohlanadi.

Fursatdan foydalangan holda aholi karantinning yumshatilishini to‘g‘ri tushunishi kerakligini aytib o‘tmoqchiman. Karantin choralarining yumshatilayotgani uning bekor bo‘lishini anglatmaydi – vaziyat yomonlashgan taqdirda kerakli choralar kuchaytiriladi», deya Oqilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top