16:53 / 23.06.2020
4459
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4500dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun Toshkent va Samarqandda jami 70 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalib chiqqanlar soni 4520 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 57 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4022  holatda qayd etilgan bo‘lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2411 nafarga yetdi va hududda 1600 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqand viloyatida bugun kasallikdan forig‘ bo‘lgan 52 yoshli ayol bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 384 nafarni tashkil qilmoqda.Ayni paytda  viloyatda 25 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun shu vaqtgacha 70 nafar bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4520 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top