11:38 / 23.06.2020
5026
O‘zbekistonda o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimi bo‘yicha statistik ma'lumotlar e'lon qilindi

O‘zbekistonda 2019/2020 o‘quv yilida jami 1117 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyat yuritgan. Ulardan, akademik litseylar soni 92 ta (8,2 foiz)ni va kasb-hunari kollejlari soni 1025 ta (91,8 foiz)ni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yili boshida kasb-hunar kollejlarida 239,2 ming nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqsimlanganida, boshqa hududlarga nisbatan o‘quvchilarning yuqoriligi Samarqand viloyatida - 29,1 ming kishi, Farg‘ona viloyatida - 25,6 ming kishi, Qashqadaryo viloyatida - 23,9 ming kishi va Toshkent shahrida 23,7 ming kishiga to‘g‘ri kelgan.

2019 yilda O‘zbekiston bo‘yicha jami 468,8 ming nafar o‘quvchi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan. Shundan, eng ko‘p tamomlagan oquvchi soni Farg‘ona (54,6 ming nafarni) va Samarqand (54,1 ming nafarni) viloyati ko‘rsatkichiga tegishli, eng kam bitiruvchi esa Navoiy (13,2 ming nafar) va Sirdaryo (10,8 ming nafarni) viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

2019/2020 o‘quv yili boshiga kasb-hunar kollejlarida jami o‘qituvchilar soni 17,5 ming nafarni (o‘rindoshlarsiz) tashkil etgan. O‘zbekistonda bitta o‘qituvchiga (o‘rindoshlarsiz) o‘rtacha 14 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelib, shulardan, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatiga ya'ni, unda bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 31 nafardan o‘quvchi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Namangan viloyatida esa eng past ko‘rsatkich ya'ni bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 7 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelgan.

Top