21:29 / 23.06.2020
3650
«Yong‘in oqibatida elektr tarmog‘ida uzilishlar tiklandi» – Parkent bozori yaqinida ro‘y bergan yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berildi

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» aksionerlik jamiyatining jamiyatga qarashli 35/6 kVli «Eski Parkent» nimstansiyasida kelib chiqqan yong‘in natijasida elektr energiyasida vujudga kelgan uzilishlar tiklanganini ma'lum qildi. Ayni paytda hodisa sabablari shahar elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmatining qayd etishicha, yong‘in oqibatida Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar vujudga kelgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hodisa oqibatida elektr jihozlariga keltirilgan zarar bartaraf etilgan. Tez fursatda elektr energiyasidan uzilish bo‘lgan hududlarning katta qismi qayta tarmoqqa ulangan. Qolgan hududlarda ham elektr energiyasini tiklash choralari olib borilayotgani aytilgan.

«Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Elektr energiyasi bilan vujudga kelayotgan bunday ayanchli oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida elektr tarmoqlariga ulanish va boshqa xizmatlarni amalga oshirish uchun faqatgina vakolatli tashkilot hisoblangan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Top