14:35 / 24.06.2020
3680
36667 nafar fuqaro uyida, 22809 nafari statsionar sharoitda karantinga olingani ma'lum qilindi

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59476 nafar fuqaroning salomatligi tibbiy nazoratga olingan bo‘lib, shundan 36667 nafari uyida, 22809 nafari esa statsionar sharoitda karantinga olingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 24 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 23310 ta, epidemiologik mavsum davomida 1078782 ta test sinovlari o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda shu paytgacha 6755 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, hozirgacha 4560 nafar (68 foiz) bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, 2176 nafari davolanmoqda.

Davolanayotgan 2176 nafar bemorning:

– 4 nafari – o‘ta og‘ir;

– 18 nafari – og‘ir;

– 215 nafari – o‘rta og‘ir;

– 1939 nafari – qoniqarli holatda.

Botir Qurbonovning ma'lum qilishicha, bemorlarning 130 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top