11:15 / 24.06.2020
13309
AQShda bu yilgi yoz “qirg‘inbarot” kelishi mumkinligi aytildi

AQShda joriy yoz mamlakatda yuzaga kelgan vaziyat: koronavirus pandemiyasi, qora tanli Jorj Floyd o‘ldirilishi, politsiya bilan aholi o‘rtasida ziddiyat hamda prezident saylovlari sababli ko‘plab ajallarga olib kelishi mumkin. 

Foto: AP Photo/Ted S. Warren

Associated Press axborot agentligining ta'kidlashicha, AQShda pandemiya vaqtida qurol savdosi keskin oshgani qayd qilingan. Bu mamlakatdagi kayfiyatga ham salbiy ta'sir qilib, aholi o‘zini xavfsiz his qilmayotganidan darak beradi.

AQShning qurolli zo‘ravonlik arxivi (Gun Violence Archive)  ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda hozirga kelib o‘qotar qurol va pichoqdan jarohatlanish tufayli yuz bergan o‘limlar soni 2019 yilgi ko‘rsatkichlardan oshib ketgan.

Arxiv mutaxassislarining ta'kidlashicha, AQSh aholisi jahon iqtisodiyotiga putur yetkazgan va uzoq vaqt izolyatsiyada qolishga majbur qilgan pandemiyadan o‘ta charchagan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari va jamiyat o‘rtasida ziddiyatlar chuqurlashgan. 

“Bizda hamma pandemiyadan uzoq vaqt sarosimada bo‘ldi, keyin esa Jorj Floyd o‘limidan keyin g‘azab otiga minish va musibat yuz berdi”, deb aytgan Vashington universitetining huquq-tartibot idoralari va jinoiy sudlov bo‘yicha professori Jyeyms Densli. Uning ta'kidlashicha, “eshik ochila boshlangandan keyin zo‘ravonlik avj olishi mumkin”.

Giyohvand moddalarga karshi kurashuvchi tashkilot Good Kids Mad City vakili Kofi Ademolaning fikricha, politsiyachilarni moliyalashtirishga sarflanadigan mablag‘larni uy-joy bilan ta'minlash, ruhiy salomatlik dasturlariga, zo‘ravonlik jabrdiydalariga yo‘naltirish lozim. “Agar siz odil sudlovni tiklashga mablag‘ tiksangiz va jamiyatni o‘z muammolarini o‘zi hal qilishni o‘rganishiga olib kelsangiz, unda sizga politsiya aralashuvi talab etilmasligini tobora seza boshlaysiz”, deb aytgan Ademola.  

Shimoli-sharqiy universitet kriminologi Jyeyms Alan Foksning ta'kidlashicha, 2020 yilda 2019 yildagi rekord sondagi ommaviy otishmalardan ikki marta kamroq otishma bo‘lishi kutilgandi. Uning fikricha, 2020 yilda zo‘ravonlikning avj olishiga “yuqish” effekti sabab bo‘lgan. 

Bundan avvalroq Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahrida bazm vaqtida ommaviy o‘qqa tutish yuz bergan. Voqea vaqtida ikki kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yaralangan. Politsiya boshlig‘i Jonni Jyenningning fikricha, o‘t ochganlar bir necha kishi bo‘lgan.

Top