14:15 / 24.06.2020
10373
«E-IJRO AUKSION»: Toshkent shahrida 2 gektar yer uchastkasi qariyb 22 mlrd so‘mga sotilmoqda

Bugungi kunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasiga Toshkent shahridan o‘ndan ortiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari chiqarildi. Ushbu yer maydonlari ma'lum miqdordagi investitsiya majburiyati bilan savdoga chiqarilib, yer uchastkasini xarid qilgan ishtirokchi ushbu majburiyatni o‘rnatilgan muddatlarda bajarishi talab etiladi.

Iyun oyida Toshkent shahridan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalanish uchun 1,99 gektar yer uchastkasi savdoga chiqarilib, ushbu yer uchastkasi uchun boshlang‘ich narx qariyb 22 mlrd so‘m etib belgilandi. Yer uchastkasi hozircha «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi tarixidagi eng qimmat yer uchastkasi bo‘lib turibdi. 

Shaffof auksionlarda yer uchastkasini sotib olgan ishtirokchi 24 oy mobaynida 50 milliard so‘m miqdoridagi investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib oladi.

Mazkur yer uchastkasida maktabgacha ta'lim muassasalari, 5 qavatdan yuqori bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishga ruxsat etilgan.

Batafsil ma'lumot olishni istagan fuqarolar ushbu havola orqali yer uchastkasi ma'lumotlari bilan tanishishlari mumkin.

«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» PR xizmati

Top