11:00 / 24.06.2020
9092
Reklama

Elite Pullman Construction: sifatli travertin suvoq, alyukobond panellar, mobil konteynerlar va vitraj oynalar xizmati

Inshootning me'moriy qiyofasi unga tashrif buyurayotgan kishining kayfiyatiga bevosita ta'sir ko‘rsatishi hech kimga sir emas. Katta majmualar yoki turar-joy xonadonlarini qurishda tashqi qiyofaga alohida e'tibor qaratish juda ham muhim.

Bu borada o‘z ishining chinakam ustasi bo‘lgan mutaxassislar bilan  hamkorlik qilish zarur. Elite Pullman Construction kompaniyasi O‘zbekistonda ko‘plab xususiy xonadonlar hamda ofislar fasadini mukammal va bejirim ko‘rinishga keltirish borasida katta tajribaga ega. Kompaniya Toshkent shahri va butun O‘zbekiston bo‘ylab quyidagi xizmatlarini taqdim etadi:

  • binolarga travertin suvoq ishlari;
  • mustahkam alyukobond panellar o‘rnatish va montaj qilish;
  • mobil konteynerlar qurish;
  • vitraj oynalar o‘rnatish (binolar fasadlariga).

Travertin suvoqlari va alyukobond panellar

Qurilish jarayonida travertin suvoqlari va alyukobond panellari o‘zining chidamliligi bilan ko‘plab ustunliklarga ega, biroq bunday montaj ishlari – oson jarayon emas. Maxsus texnika va qoidalarga amal qilinmasa, siz istamagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli o‘rnatish va montaj xizmatlarini o‘z ishining ustalariga, ya'ni Elite Pullman Construction kompaniyasining professional xodimlariga topshiring.


Vitraj oynalar

So‘nggi yillarda katta imoratlarga, ish idoralariga va hattoki, uylarga ham yirik hajmdagi vitraj oynalarini o‘rnatish urfga kirib bormoqda. Katta vitraj oynalari nafaqat bino haybatiga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki bino ichida turgan insonga tabiat bilan uyg‘un holda atrofni kuzatish imkonini ham beradi.

Yuqori texnika va betakror uslub hamohangligida yaratiluvchi vitraj oynalari o‘zining nozikligi bilan allaqachon odatiy derazalar o‘rnini egallashga ulgurdi. Elite Pullman Construction'ning yuqori toifadagi malakali ustalari sizga istalgan dizayn va murakkablikdagi vitraj oynalarini yasab berishga yordam berishadi.


Mobil konteynerlar

Mobil konteynerlardan ofis yoki do‘kon sifatida foydalanishdan tashqari, ixcham turarjoy, dala hovli, qo‘riqchilar ish joyi, ombor yoki tovarlarni vaqtincha saqlash joyi sifatida foydalanishingiz mumkin. Elite Pullman Construction tomonidan qurilgan mobil konteynerlar sovuq hamda issiqqa chidamli bo‘lib, kompaniyaning asosiy maqsadi SIFAT hamda QISQA FURSAT ichida buyurtmani yetkazib berish hisoblanadi.

Talabingizga mos konteynerni yasab berish muddati 5 ish kunidan 10 ish kunigacha bo‘lib, kompaniya mutaxassislari bu sohada ko‘p yillik tajribaga ega. Mobil konteynerlarni qurishda mijozning xohishi va istagiga binoan eng sifatli qurilish mollaridan foydalaniladi. Buyurtma asosida tayyor bo‘lgan mobil konteynerlar kompaniya mutaxassislari tomonidan olib borib, o‘rnatib beriladi.

Bularning hammasiga ikki haftadan ortiq vaqt ketmaydi! Kompaniya mutaxassislari har bir binoga individual yondashib, uning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlashadi. To‘lov istalgan shaklda qabul qilinadi. Xodimlar 24/7 ish rejimi asosida faoliyat olib borishadi.


Qurilish ishlariga shoshma-shosharlik bilan yondoshmang! Soha professionallariga murojaat qiling.

Murojaat uchun telefonlar: +99899 8469999, +99897 4669999

Reklama huquqi asosida

Top