23:45 / 24.06.2020
86451
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 54 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 6901dan oshgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 24 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6901 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafar Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), yana 14 nafari Samarqand viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 239ta yangi holat qayd etildi, bu esa kunlik o‘sish bo‘yicha yangi rekord ko‘rsatkichdir.

Shuningdek, 125 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4685 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2197 bemor davolanmoqda, ulardan 14 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

  • Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlarining kunlik o‘sish bo‘yicha avvalgi rekord ko‘rsatkichi 7 iyun kuni qayd etilgan, o‘shanda 237 kishida koronavirus aniqlangandi.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top