17:01 / 24.06.2020
27428
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6800dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 92 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 6800dan oshib ketgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 24 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6847 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida) qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 185ta yangi holat qayd etildi, 28 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4588 nafarga yetdi. 

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2240 bemor davolanmoqda, ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top