07:49 / 24.06.2020
5416
Pxenyan Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlarni qoldirishga qaror qildi 

Koreya Mehnat partiyasi markaziy harbiy qo‘mitasi 23 iyunda o‘tgan yig‘ilishda Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni keyinga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.    

“Qo‘mita yuzaga kelgan vaziyatga yakun yasab, Koreya xalq armiyasi bosh shtabi komissiyasi beshinchi yig‘ilishida taqdim qilingan Janubga qarshi harbiy harakatlar rejasi amalga oshirilishini to‘xtatdi”, deyilgan xabarda. 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In raisligida o‘tgan yig‘ilishda harbiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari masalalari ko‘rib chiqilgan.

Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi keyinroq manbalarga tayanib, Shimoliy Koreya Janub bilan chegara bo‘ylab yaqinda o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlardan 10 tasini demontaj qilganini ma'lum qilgan.   

Avvalroq Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” nashri Janubni “shimollik harbiylarning harbiy harakatlar rejasini tuzayotganiga jiddiy qarashga” chaqirgan. 

“Bu boshlanishi. Harbiylarimiz sabr-toqati tugadi”, deyilgan nashrda. 

Nashr, shuningdek, Seulni koreyaaro munosabatlarda tartibsizlik keltirib chiqarishda ayblagan, chunki u o‘z hududidan Shimolga tashviqot varaqalari tashlanishiga to‘sqinlik qilmagan. 

Top