09:00 / 24.06.2020
15294
Salomatlik uchun zavqli ta'til tomon yo‘l oling!

Hayot tashvishlaridan charchagan damlaringizda fursat topib, beqiyos tabiat manzaralariga boy go‘shada bo‘lishni xohlaysizmi? U holda sizni «Miraki» sanatoriysiga taklif qilamiz. Bu yer dam olish bilan birga davolanishingiz, salomatligingizni tiklab, immunitetingizni mustahkamlab olishingiz uchun qulay maskan.

Curatlarni ko‘rib bunday joylar qaysi mamlakatda ekan deb o‘ylayotgandirsiz. Ishoning, bu so‘lim go‘sha ko‘hna Shahrisabzda joylashgan. Sanatoriy tabiati hech qanday fotoshopsiz ham odamlarni hayratga soladigan manzaralarga boy.

«Miraki» sanatoriysida bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirilgan immunitetni mustahkamlovchi davolash va shu bilan birga ichki turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

Sanatoriyning betakror tabiati va iqlimi tajribali xodimlar, qulay xonalar, zamonaviy davolash an'analari bilan uyg‘unlashib, davolanish va maroqli dam olishingiz uchun yuqori darajali sharoitlarni ta'minlaydi.

«Miraki» sanatoriysida zamonaviy tashxislar, klinik-bioximik laboratoriya, EKG tekshiruvi, fizioterapiya, lazeroterapiya, jismoniy badantarbiya, uqalash, vibrouqalash, suv bilan davolash (sirkulyar dush, vannalar, suv osti massaj, dush sharko) parafin-ozokerit, balchiq bilan davolash, bug‘ bilan davolash (ingalyatsiya), umurtqa pog‘onasini zamonaviy apparatlar yordamida cho‘zish, trenajyor zali va parhez ovqatlanish sizning sog‘lig‘ingizni tiklash uchun qo‘llaniladi.

«Miraki» sanatoriysida ovqatlanish zali ijtimoiy masofa saqlagan holda 2 o‘rinli qilib qaytadan jihozlandi.

«Miraki» sanatoriysi yuqumli kasalliklardan xoli hudud hisoblanib, umumiy maydoni 20 gektarni tashkil etadi. Bu esa davolanuvchilarga ijtimoiy masofani saqlagan holda sayr qilish va davolanish imkonini beradi.

Hududda bugungi kunda 7 ming tupga yaqin mevali, 9 ming tupga yaqin manzarali daraxtlar, ming tupga yaqin turli xildagi gullar ekilgan bo‘lib, bu sanatoriy kislorod manbai ekanligidan dalolatdir. Bu yerda siz daraxtlar orqali tabiat va insonning uyg‘unligi, atrofni qurshab turgan yashil olamning salomatligingizga ijobiy ta'sirini his etasiz.

Sanatoriyning bebaho tabiat boyligi bu shifobaxsh buloq suvi hisoblanib, ushbu ma'danli suvdan samarali davo usuli sifatida foydalanib kelinmoqda.

Xullas, «Miraki» sanatoriysi betakror tabiati, serjilo suvlari, samarali davolash xizmatlari, mazali taomnoma va shifobaxsh buloqlari bilan iqlimiy-kurortlar qatoridan joy olgan sihatgohdir. Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi. Sanatoriymizga kelib, salomatligingizni yaxshilab keting.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram: t.me/sanatoriy_miraki
YouTube: youtube.com/channel/miraki_sanotoriyasi
Instagram: @miraki_sanatoriyasi_official
Twitter: twitter.com/sanatoriyasi

Murojaat uchun telefonlar:
+998 98 275 09-88;
+998 98 275-13-79;
+998 93 525-69-69.

Faks: (0375) 523-33-21.
Elektron pochta: sanatoriy_miraki@mail.ru
Beb-sayt: www.sanatoriy-miraki.uz

Reklama huquqi asosida

Top