23:28 / 25.06.2020
3616
AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritdi

AQSh Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga 8 ta yuridik shaxsni kiritdi. Ular orasida Eronning bir necha kompaniyasi, BAA, Germaniya va Hongkongdan yuridik shaxslar bor.

Foto: EPA/MATTHEW CAVANAUGH

Bu yuridik shaxslar po‘lat, alyuminiy va temir ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va ularning savdo agentlari sifatida faoliyat yurituvchi sho‘'ba korxonalaridir.

“Eron tuzumi metall ishlab chiqarish va xorijiy savdo agentlari faoliyatidan olingan daromadni butun dunyoda barqarorsizlantiruvchi harakatlarni moliyalashtirish uchun qo‘llaydi”, deb aytgan AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin.

Ushbu kompaniyalarning AQSh hududidagi barcha mulki va mulkiy manfaatlari bloklanadi. AQSh fuqarolariga ular bilan har qanday operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi. Shuningdek, ushbu kompaniyalar bilan ishlovchi xorijiy kompaniyalar ham sanksiyalar ostiga tushishi mumkin.

2018 yil 5 noyabrda AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni to‘liq hajmda tiklay boshlagan. Bu sanksiyalar ostiga Eron nefti, 700 tadan ko‘proq bank, kompaniya va jismoniy shaxslar tushgan. 

Top