00:15 / 25.06.2020
6782
AQSh IShID yetakchisi haqidagi ma'lumot uchun mukofot pulini 10 mln dollargacha oshirdi

AQSh IShIDning yangi yetakchisi qayerdaligi haqidagi ma'lumot uchun mukofot pulini 10 mln dollargacha oshirdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi. 

“Men AQSh davlat departamenti IShID yetakchisi qayerdaligi haqidagi ma'lumot uchun mukofot pulini 10 mln dollargacha oshirganini e'lon qilishdan xursandman”, deb aytgan Pompeo davlat departamentidagi brifingda.

Davlat departamenti saytida joylashtirilgan ma'lumotga ko‘ra, mukofot puli IShID yetakchisi al-Moul, shuningdek Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy nomi bilan ma'lum bo‘lgan kishi haqidagi ma'lumot uchun va'da qilingan.  

Vashingtonning ma'lumotlariga ko‘ra, u “Al-Qoida”ning Iroqdagi jangarilari rahbari bo‘lgan, so‘ngra sekin-asta IShID yetakchisi o‘rinbosarigacha “ko‘tarilgan”. Terrorchi 2019 yil oktyabrda maxsus operatsiya davomida IShIDning avvalgi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilingandan keyin uning o‘rniga tayinlangan.

Top