18:03 / 25.06.2020
35966

Bakalavriat va magistratura kvotalarining ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti ma'lum bo‘ldi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2020/21 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining OTMlar, ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimotini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, bu yil davlat buyurtmasi asosida bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga 103 575 nafar talaba qabul qilinadi.

Shundan 23 495 nafar talaba grant asosida, 80 080 talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Sirtqi ta'lim shakli uchun jami 31 350ta, kechki ta'lim shakliga 5 025ta kvota ajratilgan.

Bakalavriatga qabul kvotalarining OTMlar, ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti bilan quyidagi fayllarni yuklab olish orqali tanishishingiz mumkin:

Qayd etish joiz, ushbu o‘rinlar faqat davlat buyurtmasi asosidagi kvotalar bo‘lib, OTMlar o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda super-kontrakt asosida qo‘shimcha o‘rinlar ajratishi mumkin.

Bu yil magistraturaga respublika bo‘yicha jami 10 425 nafar talaba qabul qilinadi. Shundan 5 475 nafari grant, 4 950 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top