23:17 / 25.06.2020
8516
Hindistonda chaqmoq urishdan 83 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Bixar shtatida so‘nggi sutkada chaqmoq urishdan 83 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtatning favqulodda vaziyatlar bilan kurashish departamenti vakiliga tayanib “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.   

Hindiston meteorologiya byurosida ta'kidlanishicha, yaqin 3 kun Assam, Arunachal-Pradesh, Bixar, Megxalaya, Sikkim va G‘arbiy Bengaliya shtatlarida kuchli yomg‘irlar kutilmoqda. Shuningdek, toshqinlar yuz berishi mumkin. Shu sababli Bixar shtati ma'muriyati okrug ma'muriyatlariga ehtiyot choralarini ko‘rish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Top