23:47 / 25.06.2020
72752
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 90 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 25 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7177 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 5 nafar Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 276ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi.

Shuningdek, 192 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4877 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2280 bemor davolanmoqda, ulardan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

  • Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlarining kunlik o‘sish bo‘yicha avvalgi rekord ko‘rsatkichi kecha - 24 iyun kuni qayd etilgan, shu kuni jami 239 kishida koronavirus aniqlangandi.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top