02:55 / 25.06.2020
6956
La Liga. «Real» g‘alaba qozonib, yetakchilikni saqlab qoldi
Foto: Reuters

La Ligada 31-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘z maydonida «Malorka»ni qabul qilgan «Real» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va turnir jadvalidagi yetakchilikni saqlab qoldi. Vinisius Junior hamda Serxio Ramos tomonidan kiritilgan gollar Zidan jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan ko‘ng «Real»ning ochkolari soni 68taga yetdi. «Barselona»da ham shuncha ochko bor va o‘zaro o‘yindagi ustunlik evaziga «Real» yetakchilik qilmoqda. Chempionat tugashiga yana 7ta tur qoldi.

La Liga. 31-tur

Real Madrid – Malorka 2:0

Gollar: Vinisius Junior (19), Ramos (56).
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Vinisius Junior (Braim Dias, 83), Modrich (Asensio, 71), Beyl (Isko, 71), Valverde, Azar (Kroos, 62), Benzema (Mariano Dias, 83).
Malorka: Reyna, Valent (Games, 61), Railo, Sedlar, Baba (Romero, 83), Kubo, Febas (Sevilya, 61), Dani Rodriges, Poso, Lago Djunior (Salibur, 70), Budimir (Ernandes, 61).
Ogohlantirishlar: Budimir (8), Ramos (35), Modrich (46), Mendi (80), Kroos (87).

Top